Asosiy kontentga o'tish

Tashqi siyosat va Xavfsizlik

Saidov Baxtiyor Odilovich

Saidov Baxtiyor Odilovich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Tаshqi ishlаr vаziri

Kurbanov Bahodir Nizamovich

Kurbanov Bahodir Nizamovich

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

+99871 262-98-68info@mudofaa.uzgov.uz/mudofaa
Har oyning ikkinchi seshanba kuni 17:00 dan 18:00 gacha
Bobojonov Po‘lat Razzaqovich

Bobojonov Po‘lat Razzaqovich

O‘zbеkiston Rеspublikаsi ichki ishlаr vаziri

Quldashev Abdulla Khamidullaevich

Quldashev Abdulla Khamidullaevich

O‘zbеkistоn Rеspublikаsi fаvqulоddа vаziyatlаr vаziri

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 44 ta chet el elchixonalari, 1 ta bosh konsullik, 8 ta faxriy konsullar, 17 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 13 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.

 

Keyingi yillarda milliy armiyani izchil qurish va isloh etish Qurolli Kuchlarning qiyofasi, tashkiliy tuzilishi, qo‘shinlarni boshqarish tizimi, harbiy kadrlarni tayyorlashni tubdan o‘zgartirishga, qo‘shinlarni qurol-aslaha va texnikaning eng yangi namunalari bilan ta'minlashga imkon berdi. 

Respublikamizning geostrategik joylashuvi, shuningdek, mintaqada yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olib harbiy okruglar hamda Harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining tuzilishi va vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, Milliy gvardiya tashkil etildi, qo‘shinlarni qurol-aslaha va texnikaning eng zamonaviy namunalari bilan ta'minlash choralari qabul qilindi.

Yetakchi oliy harbiy ta'lim muassasasi va harbiy ilmiy markazi hisoblanuvchi mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasi tashkil etildi. Harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini, harbiy qism va bo‘linmalarning jangovar qobiliyatini real oshirish imkonini beruvchi qo‘shinlar jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini tashkillashtirish tizimini takomillashtirish borasida muntazam ishlar olib borilmoqda.

10673

Oxirgi yangilanish: 2024-05-15 10:10:52