
Investitsiyalar, sanoat va savdo

Kudratov Laziz Shavkatovich
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
Mamlakat iqtisodiyoti va aholi bandligida sanoat juda katta o‘rin tutadi.
2024-yilda yalpi ichki mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi. Xorijiy investitsiya 1,6 barobar o‘sib, qariyb 35 milliard dollarni tashkil qildi. Qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushdi. Eksport 27 milliard dollarga yetdi. Tog‘-kon, neftgaz, kimyo, qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiya 2 karra oshgan. 50 ta tumanga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kirib kelgan. 22 ta erkin iqtisodiy zonadagi 589 ta korxona 42 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.
2025-yilning 21-aprel kuni “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmoniga koʻra, quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
(a) 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.