Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish sohasida
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi:
yangi tahrirda “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi;
“Ma’naviy zararni qoplashga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” Qonun loyihasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda shartnoma instituti rolini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmoni loyihasi.
Quyidagi yo‘nalishlarda tahliliy ishlar amalga oshirildi:
Hukumat bilan chet ellik investorlar o‘rtasidagi investitsiya shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish va kelishish bilan bog‘liq qoidalarni tartibga soluvchi qonunchilik va amaliyot tahlil qilindi;
Elektron tijoratni tartibga soluvchi milliy qonunchilik bazasi va xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Natijasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi devoniga axborot kiritildi.