Mediatorlar
Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.
Professional asosdagi mediator faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini 25 yoshga to‘lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Professional mediatorlar reyestri yuritiladi, ushbu reyestr ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Shaxs mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tganidan so‘ng Professional mediatorlar reyestriga kiritiladi.
Mediatorning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.