“El-yurt umidi” jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etilgan.
Jamg‘armaning vazifalari va huquqlari bilan tanishing.
Xorijda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish, malaka oshirish va stajirovka o‘tashga qabul qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun hamda qabul va tanlab olishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Magistratura yoki doktorantura dasturi bo‘yicha Xorijda ta’lim olgan stipendiatga, oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi bo‘yicha 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Batafsil ma’lumotni Jamg‘arma sayti orqali ham olishingiz mumkin.