Xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida (OHTM) xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
OHTMda xorijiy harbiy kadrlar uchun yillik qabul kvotalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Xorijiy harbiy kadrlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan murojaatga asosan rejalashtiriladi.
Xorijiy davlatlarning mudofaa sohasidagi vakolatli organlarining xorijiy harbiy kadrlar ta’lim olishi uchun murojaat qilish muddati, ularni ko‘rib chiqish va o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror o‘qish boshlangunga qadar 4 oydan kam bo‘lmagan muddatda kvotalar miqdorini aniqlashni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
- OHTMda xorijiy harbiy kadrlarga ta’lim berish xarajatlarini qoplash tartibi.
- OHTMga xorijiy harbiy kadrlar kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.
- Talab etilgan hajmdagi ta’lim dasturlarini o‘zlashtirgan xorijiy harbiy kadrlarga dastlabki «leytenant» harbiy unvoni, mutaxassisligi bo‘yicha toifa beriladi.
- O‘qish davrida xorijiy harbiy kadrlarning turarjoy ta’minotini amalga oshirish tartibi.
OHTMda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etmagan, o‘quv fani dasturini o‘zlashtirmagan xorijiy harbiy kadrlarga belgilangan tartibda o‘qishdan chetlashtirish choralar ko‘rilishi mumkin.