Ta’lim krediti
Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga beriladi.
- Ta’lim kreditlari bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun ta’lim kredit ajratiladi!
- Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
- Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha foizlarning 50 foizi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi. Buning uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish lozim.
- Ta’lim kreditlari, qoida tariqasida, qarz oluvchining (talaba, ota-ona yoki vasiy) yashash joyida joylashgan bank filiallari tomonidan beriladi.