YOSHLARNING MUAMMOLARI O‘RGANILDI
2025-02-22 16:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'ullari vazirlikka biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida yashovchi mazkur yoshlar bilan uchrashuvda ularning tadbirkorlik, kasb-hunar egallash, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlari qo‘llab-quvvatlandi.
Kasbga o’qitish, bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha manzilli ishlar belgilab olindi.