Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasining filiali ochildi.
2025-03-05 20:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Uning ochilish marosimida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari R. Turdiboyeva, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T. Teshabayev, prorektorlar, professorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Ushbu filialni ochishdan ko‘zlangan maqsad mamlakat taraqqiyoti va istiqboli uchun munosib kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish hamda fan va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani jadal rivojlantirishdan iborat.
Ta’kidlanganidek, “Mehnat iqtisodiyoti” kafedrasi filialining ochilishi fan, ta’lim va amaliyot o‘rtasida o‘zaro innovatsion hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasidagi dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot mavzulari bankini shakllantirib borish, ilmiy va o‘quv jarayonlarida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida o‘quv rejalar va fan dasturlarini birgalikda ishlab chiqish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.