Aziz O‘zbekiston ayollari!
2025-03-08 09:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Sizlarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi nomidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan tabriklayman!
Siz mehr-muhabbat timsoli va ilhom manbaisiz! Kelajak avlodni voyaga yetkazish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rningiz beqiyos.
Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning og‘irini yengil qilish, ular uchun barcha sohalarda zarur sharoitlarni yaratib berish doimo davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Bugungi kunda ayollarning faol ishtirokisiz kambag‘allikni qisqartirish haqida gapirish noo‘rin bo‘lardi.
Zero, siz jamiyat taraqqiyotiga bilimli avlodni o‘stirish, tarbiyalash, ta’lim berish orqali ham ulkan hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Bu bilan nafaqat oilangiz, balki butun mamlakat uchun barqaror kelajak yaratmoqdasiz.
Biz jamiyatimizdagi har bir ayolning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib shart-sharoit yaratish va bu orqali ularning moliyaviy mustaqillikka erishishiga hissa qo‘shishga astoydil bel bog‘laganmiz.
Yana bir bor bayramingiz muborak, aziz ayollar! Hayotingizda doimo farovonlik, baxt va yorug‘ kelajakka ishonch bo‘lsin!
Ehtirom bilan,
Botir Zaxidov, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri