Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi
2025-04-30 18:20:00 / Vazirlik yangiliklari

🟢Joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar belgilangan edi.
🟢Ushbu topshiriqlar ijrosinii ta'minlash maqsadida, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlari uchun korrupsiyani oldini olish, unga barham berish hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha iqtisodiy o‘qish tashkillashtirildi.