27 iyun – Matbuot va Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
2025-06-27 14:10:00 / Yangiliklar

Hurmatli matbuot xizmati xodimlari!
Sizlarni kasb bayramingiz — Matbuot xizmati xodimlari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ommaviy axborot vositalari tizimiga bo‘lgan e’tibori va doimiy qo‘llab-quvvatlashlari natijasida soha jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topib, bugungi kunda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasigacha ko‘tarilib bormoqda.
Bugungi axborot va raqamli texnologiyalar davrida ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik oʻrnatish, jamoatchilikni xolis va ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash, shaffoflik va ochiqlik tamoyillarini hayotga tatbiq etishda matbuot xizmatlari faoliyati keng o‘rnini qadrlaymiz.
Sizlar davlat tashkilotlari va jamoatchilik oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini bajarib, aholining haqqoniy maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, fuqarolar ongida ochiq va masʼuliyatli davlat idorasi haqida ijobiy taassurot uygʻotishda muhim oʻrin tutayapsiz. Ayniqsa, Davlat aktivlari agentligi kabi faoliyati koʻp jihatdan jamoatchilik e’tiborida boʻlgan tashkilot muhimdir.
Sizning masʼuliyatingiz, fidoiyligingiz va kasbiy mahoratingiz tufayli davlat aktivlari bilan bogʻliq islohotlar, xususiylashtirish jarayonlari, davlat-xususiy sheriklik tizimining rivojlanishi, nodavlat sektordagi faoliyat yangiliklari aholiga oʻz vaqtida va xolis ravishda yetkazilmoqda.
Shu oʻrinda, sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, tashabbuskorlik va mehnatsevarligingizni yuksak baholaymiz. Davlat aktivlari agentligi faoliyatining oshkoraligi va jamoatchilik ishonchi darajasini oshirishda tutgan oʻrningiz katta.
Sizlarga sihat-salomatlik, ezgu maqsadlaringizga yetishda sabr-toqat, qalamingizga oʻtkirlik va fikrlaringizga taʼsir kuchi tilaymiz. Bunyodkor Vatanimizning ravnaqi yoʻlidagi ezgu saʼy-harakatlaringiz doimo barakali boʻlsin!
Kasb bayramingiz — Matbuot xizmati xodimlari kuni muborak boʻlsin!