Davlat aktivlari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida "Yoshlar oyligi" doirasidagi tadbirlar o'tkazildi
2025-06-30 22:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son Farmoniga muvofiq 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida Davlat aktivlari agentligi tizimi yosh xodimlari ishtirokida bir qator tadbirlar tashkil qilindi. Xususan, yoshlar o‘rtasida sport va intellektual musobaqalari oʻtkazildi.
Jumladan, erkaklar uchun futbol, stol tennisi, shaxmat, kibersport, voleybol, basketbol va gandbol, ayollar uchun badminton va voleybol musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalarda jami 100 dan ortiq yoshlar qamrab olinib, sport tadbirlari gʻoliblari va faol yosh xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, “Yoshlar oyligi” davomida Davlat aktivlari agentligi yoshlari ishtirokida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” loyihasi doirasida Buxoro shahridagi yurtimizning qadimiy obidalari qadamjolariga sayohat tashkil etildi.
Shu bilan birga, tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida “Yuksalish akademiyasi” NTM taʼsischisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi, Xalqaro darajadagi iqtisodchi, motivator Muhammadali Eshonqulov ishtirokida Davlat aktivlari agentligi binosida davra suhbati o‘tkazildi.
“Yoshlar oyligi” so‘ngida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Davlat aktivlari agentligi tizimi yoshlari Oliy Majlis Senati binosiga tashrif buyurishdi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Davlat aktivlari agentligida xodimlarning 24 foizi 30 yoshgacha, hamda 62 foizi 50 yoshgacha tashkil etadi.
Shuningdek, Davlat aktivlari agentligining bir qator xodimlari (Shoxrux Oxunov, Muzaffar Astonakulov, Shoxjahon Omanov va Shoxrux Yaxshiboyevlar), chet elda joylashgan va dunyoning top 500 universitetlari qatoriga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarida o‘qib, yuksak ilmiy-ma’rifiy tajriba orttirishdi.