Asosiy kontentga o'tish

Telekommunikatsiya

Telekommunikatsiya infratuzilmasi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining barpo etilishi raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun eng muhim omillardan biri. 

Bu borada Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 2022-yilda 3 200 Gigabit/sekundni tashkil etdi.

2022-yilda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshdi.

Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha 50 ming kilometrdan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 170 ming kilometr yetkazildi, va buning natijasida aholi maskanlarining 80 foiziiga mazkur tarmoq kirib bordi. Optik tarmoqni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kelgusi yillarda ham shu sur’atda davom ettirilishi belgilangan. Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish qurilmalarining umumiy sig‘imi 4,6 millionga yetkazildi.

2022-yilda 8 300 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib ularning umumiy soni 54,2 mingtaga yetkazildi, respublika bo‘yicha mobil aloqa qamrovi darajasi foizga (mobil aloqa abonentlari soni 31,3 mln.), keng polosali mobil Internet qamrovi 98 foizga yetkazildi. Natijada o‘tgan davr mobaynida yuqori tezlikdagi mobil internet foydalanuvchilar soni 4 millionga ortdi.

Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini 60 foizini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash natijasida axoli va turistlarning yo‘llarda internetdan foydalanish imkoniyati kengaytirildi.

Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yillarga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Bugungi kunga kelib 98 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 65 foiz uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan.

2022-yilda 2 ta yangi Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini qurish ishlari amalga oshirildi va bitta mavjudi kengaytirildi.

“O‘zbektelekom” AK maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish” loyihasi doirasida 70 ta telekommunikatsiya shkaflari, 194 ta bleyd-serverlar, 5 Petabayt maʼlumotlarni saqlash tizimiga ega maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi hamda mavjud Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi 40 ta bleyd-server va maʼlumotlar saqlash tizimi 5 Petabayt hajmga kengaytirildi.

Shuningdek, 2022-yil 3-choragida “Uptime Institute” xalqaro tashkilotining TIER III standarti asosida loyihalashtirilgan Toshkent viloyatida Elektron hukumat tizimining maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi qurilib, 300 ta telekommunikatsiya shkaflari, 580 ta server, 20 Petabayt maʼlumotlarni saqlash tizimiga ega maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushirildi.

Respublikada raqamli infratuzilmani jadal rivojlantirish, shahar va qishloq hududlari o‘rtasidagi “raqamli tafovut”ni bartaraf etish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, vazifalar belgilab olingan.

Kelgusi 2 yilda optik tolali aloqa liniyalarini respublikadagi barcha aholi maskanlariga yetkazib borish, barcha xonadonlar uchun yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil internet qamrovi bilan ta’minlanadi.

Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida yirik ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari quriladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu yo‘nalishga berilayotgan e’tibor bir maqsadga yo‘naltirilgan – aholiga sifatli va zamonaviy telekommunikatsiya va raqamli xizmatlarni ko‘rsatish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi.

12582

Oxirgi yangilanish: 2024-04-26 09:59:22