Termiz shahrida IT Park filalining yangi binosi tashkil etilmoqda
2024-11-12 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryoga tashrifi doirasida Termiz shahridagi tashkil etilayotgan IT Park filalining yangi binosi qurilish jarayonlari bilan tanishdi hamda unda rezident korxonalari va xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Yangi bino qisqa muddatda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda rezident kompaniyalar uchun imtiyozli joylashish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, vazir bino foydalanishga topshirilgandan so‘ng hududda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan IT Akademiya loyihasi bilan ham tanishdi va akademiyaning kelgusida viloyat yoshlari uchun qanday o‘quv dasturlari va treninglar yo‘lga qo‘yilishi lozimligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Hozirgi kunda filial binosi qurilish jarayonining yakuniy bosqichida bo‘lib, bino qisqa muddatlarda fodalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
Bino foydalanishga topshirilgandan so‘ng Surxondaryo viloyatida IT sohasini rivojlantirish uchun muhim infratuzilma obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Binoda IT Akademiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, 20 dan ortiq IT sohasidagi korxonalarni imtiyoz asosida joylashtrish imkoniyati hamda yoshlar uchun yuqori maoshli qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.