Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari Yagona platformada yuritiladi – Vazirlar Mahkamasi qarori
2025-02-03 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina Yagona platformada yuritiladi. Bunda yangi tashkil etilgan davlat organlari o‘zlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda Yagona platformada yo‘lga qo‘yadi.
Shuningdek, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” mas'uliyati cheklangan jamiyati Yagona platforma operatori etib belgilanmoqda.
Davlat organlari rahbarlari davlat organlarining rasmiy veb-saytlari Yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Qarorga ko'ra, rasmiy veb-sayt Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi ma’lumotlarni saqlab qolgan holda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltiriladi yoki ularning faoliyati to‘xtatiladi.