AQSHdagi IT korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda
2025-04-19 08:45:00 / Vazirlik yangiliklari

AQSHning Illinois shtati Chikago shahrida “CABXPO Chicago-2025” xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etib, Samarqandning investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyati, xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish va viloyatning biznes imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.
Forum doirasida innovatsion yechimlar, sarmoyaviy imkoniyatlar va xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi hamda memorandumlar imzolandi.
Shu bilan birga, AQShning Nyu York va Filadelfiya shaharlarida IT korxonalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda bugungi kunda Samarqandda IT sohasi bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar va investitsiya muhiti to‘g‘risida taqdimotlar qilinib, zarur ma’lumotlar berildi.
AQSHdagi tadbirkor vatandoshlarimiz bilan Samarqandda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama memorandumlar imzolandi.