Xorazmda Vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2025-05-03 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatining IT Park filialida xorazmlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda oliy ta'lim muassasalari talabalari, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasida tahsil olayotgan o‘quvchilar hamda IT sohasiga qiziquvchi boshqa yoshlar ishtirok etdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Raqamli texnologiyalar vaziriga murojaat qildilar. Vazir tomonidan yoshlarning barcha savollariga to‘liq javob berildi.
Shu bilan birga, uchrashuvning muhim jihati yoshlar tomonidan ta'lim, logistika, startap loyihalarni amalga oshirishlari uchun ko‘mak berish borasida yo‘llangan murojaatlar ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
Yakunda Xorazm viloyatida yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “Ideaton” tanlovi hamda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tashkil qilingan “Web Master Challenge" musobaqasining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.