Iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
2025-04-10 10:00:00 / Yangiliklar

Ma’lumot uchun, IIG o‘tgan yilning iyul oyida “O‘zbekistonda suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini iqlim o‘zgarishi sharoitida favqulodda ifloslanishdan himoya qilish sohasidagi faoliyatni kuchaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan. Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan BMT YeIK ko‘magida hamda Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) mablag‘i hisobidan amalga oshirilmoqda.
Ikkinchi yig'ilishning asosiy maqsadi quyidagilarni muhokama qilish va tasdiqlash edi:
— O‘zbekistonning BMT YeIKning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to'g'risidagi konvensiyasiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasining yo‘l xaritasi va konsepsiyasi;
— Suv va salomatlik to'g'risidagi Protokol doirasida sanitariya va sog'liqni saqlash, suv xo'jaligidagi vaziyatni tahlil qilish;
— Sirdaryo havzasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning birgalikdagi rejasi uchun asos;
— IIGning 2025-yilning ikkinchi yarmi uchun ish rejasi va loyihani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari.
Uchta sessiya davomida ishtirokchilar sanoat xavfsizligi bo‘yicha milliy tashabbuslarni amalga oshirishdagi taraqqiyotni muhokama qildilar, iqlim o‘zgarishining suv resurslari va sanoat chiqindilarini saqlash obyektlariga ta’sirini ko‘rib chiqdilar, agentliklar o‘rtasida tajriba almashish va loyihalarni boshqarish bo‘yicha keyingi qadamlar haqida kelishib oldilar.
Sirdaryo havzasida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi loyihasi bo‘yicha kelishuv, shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida tarmoqlararo hamkorlikni mustahkamlash tadbirning muhim natijalaridan biri bo‘ldi.
Tadbir O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini muhofaza qilish va sanoat xavfsizligining yanada barqaror tizimi sari olg‘a siljishida muhim qadam bo‘lib xizman qiladi. IIGning navbatdagi yig'ilishi 2025-yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.