“Toza havo” oyligi: Toshkentda avtomobillar ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda
2025-04-16 16:00:00 / Yangiliklar

Ma'lumot uchun, "Toza havo" oyligi Oʻzbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunlari ijrosini taʼminlash, foydalanishda boʻlgan avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazorati olib borish maqsadida respublika miqyosida doimiy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 10-aprelidan 10-mayiga qadar “Toza havo” oyligining 1-bosqichi, 10-avgustidan 10-sentabriga qadar esa ikkinchi bosqichi (Toshkent shahrida 10-sentabrdan 10-oktabrgacha) o‘tkaziladi.
Mazkur tadbir davomida atmosferaga davlat standartlarida belgilangan normalardan ortiq ifloslantiruvchi moddalar chiqarayotgan texnika vositalari aniqlanmoqda va ularning faoliyati nuqsonlari bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilmoqda.
Shu bilan birga, davlat standartlarining belgilangan normalarini qoʻpol ravishda buzgan avtotransport haydovchilariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddalari bilan choralar koʻrilmoqda.