BMT Oʻzbekistonning Oʻrmonlarni ko‘paytirish va qayta tiklash oʻn yilligi tashabbusini qabul qildi
2025-04-30 10:00:00 / Yangiliklar

Rezolyutsiya keng qo‘llab-quvvatlandi: dunyoning turli mintaqalaridan 80 dan ortiq mamlakatlar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar va Bahrayn hammualliflar bo‘ldi.
Hujjat asosini O‘zbekiston Prezidentining “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili” dasturi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Markaziy Osiyoning yashil belbog‘i” ko‘chat ekish kampaniyasi kabi tashabbuslari tashkil etadi. Unda o‘rmonlarni ko‘paytirish va qayta tiklash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun kuch va resurslarni safarbar etish talab qilinib, davlatlar va tashkilotlarga tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirish tavsiya etiladi.
Ushbu rezolyutsiyada O‘zbekistonning global ekologik tashabbuslardagi roli ortib borayotgani, barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga intilishi alohida ta’kidlangan.