Ekologik ekspertiza qanday ahamiyatga ega?
2025-05-06 12:00:00 / Yangiliklar

Ekologik ekspertizadan maqsad tegishli faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini, agar bu faoliyat turi atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, uning ekologik xavflilik darajasini aniqlashdir. Shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilayotganligiga ham e'tibor qaratiladi.
Quyidagi obyektlar davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi:
— davlat dasturlari, konsepsiyalari, ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalari loyihalari;
— barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;
— loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
— tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq, xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar loyihalari;
— texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
— atrof muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar;
— muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
— shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
— maxsus huquqiy rejimli obyektlar.
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonuni ushbu sohadagi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonunga ko‘ra, ma’lum turdagi faoliyat yoki obyektlar ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi majburiy hisoblanadi.
Bu haqda batafsil — videoroligimizda.