E’lon!
2025-05-08 17:00:00 / Yangiliklar
Jumladan, to‘rtta cho‘qqi, bitta tog‘ va bitta tog‘ tizmasiga yangi nom berish taklif etilmoqda.
T/r |
Geografik obyektning amaldagi |
Geografik obyekt turi |
Geografik obyektning joylashgan hududi |
Geografik obyektning joylashuvi |
Geografik obyektning yangi nomi |
Izoh |
Toshkent viloyati |
||||||
|
Пионер |
Choʻqqi |
Ohangaron tumani |
Chotqol togʻ tizmasining sharqiy qismida, Kattasoy |
Yangiobod |
Ushbu cho‘qqi joylashgan hududda shaharcha, sanatoriy, mehmonxona va turistik baza nomi Yangiobod bo‘lgani uchun “Yangiobod” nomi berilmoqda. |
|
Пингвин |
Choʻqqi |
Boʻstonliq tumani |
Piskom togʻ tizmasida joylashgan. |
Temirtosh |
Ushbu cho‘qqi yaqinidan oqib o‘tgan daryo va ko‘lning nomi Temirtosh bo‘lgani uchun “Temirtosh” nomi berilmoqda. |
|
Анна77 |
Choʻqqi |
Ohangaron tumani |
Chotqol togʻ tizmasida joylashgan. |
Egar |
Ikkita cho‘qqi orasida joylashgani hamda ko‘rinishi otning egariga o‘xshaganligi uchun ushbu nom berilmoqda. |
|
Аделунга |
Choʻqqi |
Boʻstonliq tumani |
Piskom togʻ tizmasining markaziy qismida joylashgan. |
Piskom |
Ushbu cho‘qqi Piskom togʻ tizmasining eng baland nuqtasi bo‘lgani uchun “Piskom” nomi berilmoqda. |
Samarqand viloyati |
||||||
|
Ғайбот |
Tog‘ tizmasi |
Qoʻshrabot tumani |
Nurota togʻining janubida joylashgan. |
G‘oyibota |
Ushbu hududdagi mahalliy aholi tomonidan mazkur tog‘ tizmasi G‘oyibota nomi bilan atalib kelingani uchun shu nom berilmoqda. |
|
Чилдухтаран |
Tog‘ |
Nurobod tumani |
Zarafshon togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. |
Qirqqiz |
Ushbu tog‘ mahalliy aholi tomonidan Childuxtaron, ya’ni Qirqqiz nomi bilan atalgani uchun “Qirqqiz” nomi berilmoqda. |
“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Yuqorida keltirilgan tabiiy obyektlar nomlarini o‘zgartirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar bo‘lsa, Ekologiya vazirligiga murojaat etishingizni so‘raymiz.
Murojaat uchun telefon: 71 207 07 70 (1061#)