Angrenda bulbullar noqonuniy ovlanayotganligi aniqlandi
2025-05-15 12:00:00 / Yangiliklar

Reyd davomida Аngren shahar "Lashkerek" MFYning muhofaza etiladigan tabiiy hududida fuqarolar Sh.Yu. va R.A. tomonidan 8 dona bulbul noqonuniy ravishda qoʼlbola usulda sirtmoqlardan foydalangan holda ovlanayotganligi aniqlandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yilning 1-martidan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopilgan. Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat'iy taqiqlanadi.
Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Shuningdek, tabiatga 9 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Toʼplangan hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun Аngren shahar ma'muriy sudiga yuborildi. Qushlar esa ochiq tabiat bag‘riga qoʼyib yuborildi.