BBC Orolqumning yovvoyi tabiati haqida hujjatli film suratga olmoqda
2025-06-02 18:30:00 / Yangiliklar

Tashrifdan maqsad “Disney+” platformasida “National Geographic” uchun mo‘ljallangan, sayyoramizning bioxilma-xilligiga bag‘ishlangan “Home: Asia” nomli hujjatli serialning bir sahnasini Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tasvirga olishdir. Hozirda ijodiy guruh tomonidan Orol dengizining sobiq tubi, hozirda noyob ekotizim — Orolqum cho‘liga aylangan hududning yovvoyi tabiati kadrlarga muhrlanmoqda.
Ijodiy guruh asosiy e'tiborini qattiq, ammo hayratlanarli darajada go'zal landshaftlarda yashaydigan cho'l faunasining noyob turlariga qaratgan. Xalqaro jamoani, ayniqsa, cho'l agamalari (Trapelus sanguinolentus) — bir vaqtlar suv bilan qoplangan hududda yashaydigan mayda kaltakesaklar o‘ziga jalb qilmoqda.
BBC bilan hamkorlik ham ekologik, ham axborot sohalarida muhim voqeadir. Bunday loyihalar jahon auditoriyasi e’tiborini Orol dengizining qurishi oqibatlariga, shuningdek, O‘zbekistonning Orolbo‘yi ekologiyasini tiklash va mintaqa bioxilma-xilligini saqlash borasidagi qadamlariga qaratmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu BBC jamoasining mamlakatga uchinchi tashrifi bo‘lib hisoblanadi. Avvarloq Navoiy viloyatida cho‘l hududi aholisi, jumladan, noyob qushlar va sut emizuvchilar turlari tasvirga olingandi. Loyihaning joriy bosqichi Orolqumning oʻzgargan iqlimi va landshafti sharoitida paydo boʻlgan yangi tabiiy jamoalarga bagʻishlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bu kabi tashabbuslarni faol ilgari surmoqda, ekspert va moddiy-texnikaviy yordam ko‘rsatmoqda.