Xodimlarning odob-axloq qoidalari

O‘zbekiston Respublikasida Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish
va iqlim o‘zgarishi vazirligida
Xodimlarning odob-axloq qoidalari
Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda Odob-axloq qoidalari deb yuritiladi) amaldagi Konstitutsiyadan kelib chiqib ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktabrdagi VMQ-595-son qarori va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari hamda Vazirlik xodimlarining, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, davlat buyurtmachisi sifatidagi axloqiy xulq-atvorining umumiy tamoyillari va asosiy qoidalari majmuini ifodalaydi.
Odob-axloq qoidalari huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etishiga sabab bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, vazirlik xodimlarini yuksak huquqiy onglilik, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat’iy rioya etish ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Vazirlikka ishga kirish uchun ariza topshirgan shaxslar Odob-axloq qoidalari qoidalari bilan imzo qoygan holda tanishtiriladi
Xodimlarning odob-axloq qoidalari to‘liq varianti Rus tilida