Vatan himoyachilari kuni
2023-01-14 / Voqealar taqvimi
O‘zbekiston Respublikasining “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni (1018-XII-son, 29.12.1993)

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilishdagi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini, shuningdek O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalarning 1992-yil 14-yanvardan respublika yurisdiksiyasiga o‘tkazilganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni etib belgilansin.