Qoʻqon shahrida taʼlim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻquv-seminari boshlandi
2024-07-22 14:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminarni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ochib berdi.
– “Mahalla–maktab–professional taʼlim muassasasi-oliygoh” zanjirini yaratishimiz lozim, - dedi Q. Sharipov. – Shu boisdan maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim va tarbiya sohasida “Qoʻqon tajribasini” yoʻlga qoʻyib, respublikamizning barcha taʼlim muassasalariga joriy etamiz.
Besh kun davom etadigan mazkur oʻquv-seminari Qoʻqon shahridagi oliy va professional taʼlim tashkilotlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlib, unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi mutasaddilari, oliy, professional va oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Taʼkidlash joizki, Qoʻqon shahrida 4 ta oliy taʼlim muassasalari hamda 8 ta professional taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur taʼlim muassasalari yoshlarni oliy maʼlumot olishlari va kasb-hunar egallashlari uchun tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.