Buxoroda “Vazir kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi
2025-03-18 10:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur kelishuvlarning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. Shuningdek, universitet va institutlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi sport inshootlari barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Shu munosabat bilan, Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tashabbus talaba-yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga rag‘batlantirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Musobaqaning yuqori saviyada tashkil etilishi, sport an’analarining mustahkamlanishi va kelajakda bu kabi tadbirlarni keng miqyosda davom ettirish rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga yanada yaqinlashtirish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shish sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.