Hindistonda o‘zbek milliy qadriyatlari namoyish etildi
2025-03-19 18:05:00 / Vazirlik yangiliklari
19-mart kuni Hindistonning Markaziy Hindiy tili institutida xalqaro madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan talabalar o‘z milliy urf-odatlari, an’analari va san’at namunalarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston milliy-madaniy qadriyatlari sahna ko‘rinishlari orqali keng namoyish qilindi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy taomlari, kuy-qo‘shiqlari va milliy liboslarining betakrorligi aks ettirilgan taqdimot bilan ishtirok etib, nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur e’tirof o‘zbek madaniyatining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, milliy san’at va an’analarimizni targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, xorijlik yoshlar orasida O‘zbekiston madaniyatiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, turli xalqlarning madaniyatiga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.