Ta'lim xizmatlari eksporti 100 million dollarga yetkaziladi!
2025-04-03 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda vazir o‘rinbosarlari, markaziy apparat tuzilma boshliqlari, tizim tashkilot rahbarlari hamda oliygohlar rektorlari ishtirok etdi.
Dastlab, kun tartibidagi birinchi masala – Prezident qarori bilan ta’lim xizmatlari eksportini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar:
▪️2025-yilda ta’lim sohasidagi xizmatlarni 115 foizga ko‘paytirish;
▪️TOP-1000 talikdan o‘rin oluvchi oliy ta’lim muassasalari sonini 10 taga yetkazish;
▪️Chet ellik talabalarni jalb qilib, ta’lim xizmatlari eksportini 100 million dollarga yetkazish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Study in Uzbekistan” veb-portali faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ham mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda oliy va kasbiy ta’lim tizimida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish borasidagi chora-tadbirlar ijrosiga ham keng o‘rin berildi. Bu bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilanib, sa'y-harakatlarni yanada jadallashtirish yuzasidan mutasaddilar va oliygohlar rektorlariga ko‘rsatmalar berildi.