Oʻzbekistonlik talabalar bilan Varshavada uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-04-24 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtgan ushbu tadbir davomida talabalar oʻzlarining Polshadagi taʼlim jarayoni, erishayotgan yutuqlari, kelajakdagi orzu-intilishlari hamda duch kelayotgan muammolari haqida soʻz berishdi. Uchrashuv davomida Sarvarxon Buzrukxonov talabalarni diqqat bilan tinglab, ularga kerakli tavsiyalarni berdi, muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Polshada faoliyat yuritayotgan, oʻzining faolligi va bilimga chanqoqligi bilan ajralib turgan, taʼlim sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan talabalarga minnatdorchilik bildirildi. Ular Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda Oʻzbekistonning Polshadagi Favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid Aʼzamxoʻjayev tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Ushbu uchrashuv talabalarda katta ruhiy koʻtarinkilik uygʻotib, ularni Vatanga, ilm-fanga boʻlgan mehr va masʼuliyatni yanada chuqurroq his etishga undadi.