Toshkentda “Koreya Respublikasida taʼlim olish – 2025” koʻrgazmasi ochildi
2025-04-25 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Hozirda 13 mingdan ortiq oʻzbekistonlik talabalar Janubiy Koreyada taʼlim olmoqda. Mamlakatimizda koreys tiliga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda — 5 mingdan ziyod yoshlar ushbu tilni muntazam oʻrganmoqda. Janubiy Koreyaning Pusan va Degu chet tillari universitetlarida oʻzbek tili boʻlimlarining faoliyati Oʻzbekiston tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Koʻrgazma doirasida muhandislik, IT, raqamli transformatsiya, sunʼiy intellekt, arxitektura, qayta tiklanadigan energiya, tibbiyot va taʼlimni raqamlashtirish sohalarida amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari namoyish etildi.
Tadbir doirasida Koreya taʼlim markazi hududida koʻchatlar ekilishi esa atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik ongni oshirish hamda yosh avlod oʻrtasida yashil iqtisodiyot gʻoyalarini targʻib etishga qaratilgan boʻlib, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning nafaqat taʼlim, balki barqaror rivojlanish sohasida ham roʻyobga chiqayotganini ifodalaydi.