O‘zbekiston va Rossiya: oliy ta’lim va ilmiy hamkorlik yo'lida yangi tashabbuslar
2025-04-29 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
29 aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng'irotboy Sharipov Rossiya Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar muhandislik va texnika sohalarida ilmiy-texnologik hamkorlikni kuchaytirish, ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish, O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish, 11 ta yo‘nalishni o'z ichiga olgan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tanlovini e’lon qilish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH innovatsion rivojlanish forumi hamda MDH Ilmiy-texnik va innovatsion sohalarda hamkorlik bo'yicha davlatlararo kengashning navbatdagi yig‘ilishiga oid tashkiliy ishlar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro strategik aloqalarni yanada mustahkamlash bo'yicha istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.