“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2025-05-05 11:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vahobov hamda boshqa mutasaddilar so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga sport oyligi doirasida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirok etishlari, sog‘lom turmush tarziga sodiq qolishlari hamda yuqori natijalarga erishishlarida omad tilashdi.
“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur tashabbus yoshlarda jismoniy faollikni oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga jalb qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda Vatanga sadoqat, iroda va bardamlik ruhida tarbiyalash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Sport oyligi davomida talabalar quyidagi 10 dan ortiq sport turlari bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etishadi: badminton, basketbol, boks, dzyudo, gimnastika, og‘ir atletika, gandbol, stol tennisi, stritbol, suzish, futbol, taekvondo, voleybol hamda yengil atletika.
Mazkur musobaqalar respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qamrab olingan bo‘lib, sport maydonlari yoshlarimizning iste’dodi va salohiyatini namoyon etishida yana bir bor maydon bo‘lmoqda.