Shaxmat bo‘yicha “Akademik litsey ligasi” va “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
2025-05-05 17:40:00 / Vazirlik yangiliklari
5-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida shaxmat sport turi bo‘yicha “Akademik litsey ligasi” va “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarining Respublika final bosqichi tashkil etildi.

Musobaqalar xalqaro Shaxmat Federatsiyasi (FIDE) qoidalari asosida 7 tur davomida o‘tkazildi. Unda akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalaridan jami 50 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi.
“Akademik litsey ligasi” natijalari:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
- 🥇 1-o‘rin — Shamsuddin Sayyid Usmon (Toshkent shahri)
- 🥈 2-o‘rin — Orifov Shohjahon (Navoiy viloyati)
- 🥉 3-o‘rin — Majidov Bekzod (Buxoro viloyati)
Qiz bolalar o‘rtasida:
- 🥇 1-o‘rin — Bashriddinova Shahrizoda (Samarqand viloyati)
- 🥈 2-o‘rin — Majidova Sora (Toshkent shahri)
- 🥉 3-o‘rin — Orifjanova Diyora (Toshkent viloyati)
“Professional ta’lim muassasalari ligasi” natijalari:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
- 🥇 1-o‘rin — Ibrohimov Ibrohimbek (Buxoro viloyati)
- 🥈 2-o‘rin — Toshboyev Diyorbek (Samarqand viloyati)
- 🥉 3-o‘rin — Tuxtayev Ozodbek (Surxondaryo viloyati)
Qiz bolalar o‘rtasida:
- 🥇 1-o‘rin — Abdug‘ofurova Oydinoy (Andijon viloyati)
- 🥈 2-o‘rin — Botirjonova Begoyim (Namangan viloyati)
- 🥉 3-o‘rin — Orifjanova Diyora (Buxoro viloyati)
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida mantiqiy fikrlash, sabr-toqat va strategik yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida baholandi.