“TASHKENT TECH” texnika universitetini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi
2025-05-08 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Yig‘ilishni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov olib bordi. Unda yangi oliygohning milliy iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasi, texnik ta’lim nufuzini oshirishdagi roli va ilg‘or xorijiy tajribaga tayanish zarurati muhokama qilindi.
Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari, shuningdek, xalqaro miqyosda mashhur bo‘lgan “The Boston Consulting Group” kompaniyasi vakillari hamda texnik ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mazkur universitetni tashkil etish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar, hamkorlik yo‘nalishlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bosqichlar belgilab olindi. Universitet muhandislik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, uning faoliyatida xorijiy ekspertlar ishtirokini ta’minlash alohida e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.