Vazir o‘rinbosari Surxondaryodagi texnikumda yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi
2025-05-13 18:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif chog‘ida vazir o‘rinbosari texnikumda tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, professor-o‘qituvchilar faoliyati hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, o‘quv binolari, zamonaviy laboratoriyalar, amaliyot xonalari, 60 o‘rinli ustaxona, sport zali, oshxona va 300 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi holati ko‘zdan kechirildi.
Ayni paytda texnikumda 150 nafardan ortiq o‘quvchi zamonaviy o‘quv dasturlari asosida tahsil olmoqda. Ta’lim jarayonlari kunduzgi, dual va sirtqi ta’lim shakllarida tashkil etilgan bo‘lib, arxitektura, qurilish, geodeziya, temir yo‘l infratuzilmasi, buxgalteriya hisobi kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Bundan tashqari, Prezidentning PF-158-sonli farmoni (16.10.2024-y.) asosida texnikumda xalqaro ta’lim dasturlari – kompyuter grafikasi va dizayn operatori, payvandlovchi, elektromontyor va qurilish ishlari ishchisi yo‘nalishlari joriy etilgan. Ushbu dasturlar Angliyaning “Pearson” ta’lim dasturi asosida olib borilmoqda.
Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari texnikumda yaratilgan imkoniyatlarga ijobiy baho berdi hamda mavjud sharoitlarni yanada takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish va yoshlarning raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.