Oliy ta’lim bo‘yicha Xalqaro maslahat kengashi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-05-14 14:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda XMK tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi hamda Yevropa universitetlari bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuvlar, qo‘shma tadqiqotlar va dolzarb global yo‘nalishlarda loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida O.Mahkamov zamonaviy kasbiy ta’lim masalasida xalqaro forum tashkil etishni taklif etdi. Alfrid Guzzenbauer bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, forumni 2026-yilda Avstriyada o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida XMK vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan muloqotda bo‘lib, shaxsiy rivojlanish va xalqaro ta’limdagi o‘zgarishlar haqida suhbatlashdi. Shuningdek, universitet bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi, jumladan, Polsha tili markazi va Krems universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma fakultet faoliyati bilan tanishildi.