Vazir o‘rinbosari “Yashil kampus” konsepsiyasi doirasidagi loyihalarni borib ko‘rdi
2025-05-24 17:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif doirasida mehmon institutda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarning yo‘lga qo‘yilgan holati, xususan, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan smart issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, institut rektori prof. Shuhrat Teshayev hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamrohligida xalq tabobatini rivojlantirish maqsadida yetishtirilayotgan dorivor o‘simliklar o‘rganildi.
Tashrif davomida vazir o‘rinbosariga institutda amalga oshirilayotgan “Yashil kampus” konsepsiyasi doirasidagi loyihalar, mavjud infratuzilmani rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlanmalar haqida ham ma’lumot berildi.
U mazkur tashabbuslarni yuqori baholab, ekologik muammolarni hal qilishda samarali yondashuv zarurligini ta’kidladi.