TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
2025-05-28 18:05:00 / E'lonlar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga xususiy tashabbuskor “CAREFUL BULDERS” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti (0,3 gektar) hududida 450 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
![]() |
![]() |
![]() |
Tenderda qatnashish uchun tadbirkorlar tomonidan qiziqish bildirish uchun soʻrov va tender takliflarini 2025-yil 12-iyul kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha topshirilishi kerak.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti |
![]() |
![]() |
![]() |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
![]() |
![]() |
![]() |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
![]() |
![]() |
![]() |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.