“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2025-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi
2025-05-31 16:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Marosimni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi o‘rinbosari Farida Afro‘z ochib berib, g‘olib va sovrindorlarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, o‘rin ololmagan ishtirokchilarga harakatdan to‘xtamaslik, doim olg‘a intilish bo‘yicha hayotiy tajribalari va fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Vazirning birinchi o‘rinbosari o‘z nutqida 5-bor o‘tkazilayotgan tanlovning dastlabki saralash bosqichida o‘n mingdan ortiq talaba-yoshlar, murabbiylar ishtirok etgani va shulardan 120 nafari Respublika bosqichi uchun tavsiya etilganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, tanlovning rag'batlantiruvchi o‘rin sohiblariga faxriy yorliq, televizor va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ular bilan tanishing:
Muslima Axmadjonova – Namangan davlat universiteti talabasi
Dilnoza Olimjonova – Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi
Abbos Xurramov – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti
Tanlov g‘oliblarini vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev taqdirladi. Ularga diplom, maxsus statuetka, esdalik sovg‘alari hamda 1-o‘ringa BHMning 100 barobari, 2-o‘ringa 80 barobari va 3-o‘ringa 40 barobari miqdorida pul yutuqlari topshirildi. Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
Behruz Quziboyev – Toshkent davlat transport universiteti talabasi
Farangiz Abduvohidova – Samarqand davlat universiteti talabasi
Muhsina Jo‘raboyeva – O‘zbekiston Milliy univeristeti talabasi
Marosim davomida Milliy musiqa va san’at, Milliy estrada san’ati hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutlarining iqtidorli talabalari tomonidan kuylangan qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.