Akademik litseylarning 81 nafar bitiruvchisi 5 ta fandan sertifikat olib, OTMlarga kirish uchun maksimal ballni naqd qilishdi
2025-06-16 18:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Shuningdek, bitiruvchilarda jami 4 710 ta umumta’lim fanlari va 4 329 ta xorijiy til bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar mavjud. Ayniqsa, 81 nafar akademik litsey bitiruvchisi OTMga kirish test sinovlari fanlar majmuasidagi 5 ta fandan sertifikatga ega bo‘lib, muddatidan oldin maksimal 189 ballni qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, 2 122 nafar bitiruvchi turli mahalliy va xorijiy OTMlarning talabasi bo‘lishga ulgurgan. Quvonarlisi, akademik litsey bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari yil sayin ortib bormoqda: 2023-yilda bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 92 foizdan oshdi. 10 dan ortiq litseyda esa 99–100% bitiruvchilar talaba bo‘lishgan. 2025-yilda bu raqam 95 foizga yetishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga asosan 2024-yildan boshlab akademik litsey bitiruvchilariga yangi namunadagi QR-kod qo‘yilgan diplom berilmoqda. Shuningdek, iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish joriy etilgan.