O‘zbekiston oliygohlari “THE Global Sustainable Development Congress”da o‘z pavilonini taqdim etdi
2025-06-16 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Kongress doirasida iqlim o‘zgarishi, inklyuzivlik, ta’lim tizimining barqaror rivojlanishdagi o‘rni kabi global masalalar yuzasidan panel sessiyalar, seminar va muloqotlar tashkil etilgan.
Xalqaro tadbirda 100 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlar, universitetlar, vazirliklar vakillaridan iborat 5000 dan ziyod delegat ishtirok etmoqda.
Mazkur anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi qatnashmoqda. Universitetlar ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavioni tashkil etilib, unda respublika oliygohlarining ta’lim dasturlari, innovatsion loyihalari, xalqaro hamkorlikdagi tashabbuslari hamda barqaror rivojlanishga qaratilgan ishlari namoyish etilmoqda.
Mazkur ishtirok:
•xorijiy talabalar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilish,
•qo‘shma ilmiy maqolalar chop etish,
•ta’lim eksporti va investitsiyalarni oshirish,
•oliygohlar salohiyatini targ‘ib qilish kabi yo‘nalishlarda muhim imkoniyatlar yaratadi.
Kongress doirasida “THE Impact Ranking-2025” natijalari ham e’lon qilinishi kutilmoqda.