Talabalardan startaplar, yirik kompaniyalardan tajriba – TalabaExpo – 2025
2025-06-21 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi biznes ochish, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, bitiruvchi talabalar tomonidan ilgari surilgan innovatsion g‘oyalar va startap tashabbuslar taqdimot qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama etildi. Ular orasidan tanlab olingan loyihalarga imtiyozli kreditlar ajratilib, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Tadbirning diqqatga sazovor jihatlaridan biri “TXT GROUP”, “SHUKRON CITY” va “USTOZ MEDIA” kompaniyalari asoschilarining talabalar bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ular o‘zlarining muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li, ishbilarmonlikdagi muhim saboqlari, shuningdek, shaxsiy hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni qat’iyatli, innovatsion fikrlovchi va tashabbuskor bo‘lishga chaqirdilar.