Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro reytinglarda ko‘rsatgan natijalari e’tirof etildi
2025-06-28 20:50:00 / Vazirlik yangiliklari

QS hamda Times Higher Education xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan so‘nggi natijalarga ko‘ra, TATU dunyoda yetakchi TOP-1000 talikdagi oliy ta’lim muassasalari safidan o‘rin oldi.
Mazkur yutuq munosabati bilan universitetda tantanali marosim tashkil etildi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, vazir o‘rinbosari Otabek Mahkamov, soha yetakchilari, fan va jamoat arboblari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, universitet jamoasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida universitet jamoasini ushbu muhim yutuq bilan qutlab, TATUning axborot texnologiyalari, ayniqsa sun’iy intellekt sohasidagi salohiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, xalqaro reytinglarda universitet yanada yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot uchun, “Times Higher Education Impact Rankings – 2025” reytingida TATU TOP-800–1000 oraliqdan o‘rin egallagan bo‘lsa, “QS World University Rankings – 2026”da esa TATU ilk bor “New Entrant” (yangi ishtirokchi) sifatida qayd etilib, 1401+ o‘rinni band etdi.