Agentlikda Slovakiya energoregulyatori raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-05-12 13:25:00 / Yangiliklar
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida Slovakiya tarmoq sanoatini tartibga solish boshqarmasi “URSO” raisi - J.Xolensik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot bilan tanishdi va Agentlikni Energetika regulyatorlari mintaqaviy assotsiatsiyasi (ERRA)ning to‘laqonli aʼzosi bo‘lgani bilan tabriklab, Agentlik faoliyatiga yuqori baho berdi.
Shuni taʼkidlash joizki, Slovakiya tarmoq sanoatini tartibga solish boshqarmasi “URSO” Slovakiya Respublikasining elektr energiyasi, gaz, issiqlik energiyasi va suv taʼminotini tartibga soluvchi mustaqil organ hisoblanadi.
Uchrashuv davomida energetika bozorini tartibga solishda tajriba almashishga kelishib olindi.