Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 38-sonli Manzil koloniyasidagi sharoitlar va ishlab chiqarish jarayonlari oʻrganildi
2025-03-26 12:25:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Raxmat Mamatov Jomboy tumanidagi 38-sonli Manzil koloniyasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Rahbar tomonidan koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarning foydali mehnatga jalb etilganligi, ish jarayonlarining ahvoli, shuningdek, ularning xavfsizligi masalalari oʻrganildi.
Xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona, oshxona, uchrashuv xonalari, hududdagi kuzatuv kameralarining ishlash tartibi ham koʻzdan kechirilib, bu borada boshqarma boshligʻi oʻzining kerakli maslahat va tavsiyalarini berdi.
Manzil koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarning vaqtlarini mazmunli oʻtishi, ular qayta jinoyatga qoʻl urmasligi, eng asosiysi, hayotga toʻgʻri munosabatda boʻlib, jamiyat uchun kerakli shaxs boʻlishiga bosh maqsad sifatida qaralmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati