Sirdaryo viloyati IIB rahbariyatining shaxsiy qabuli oʻtkazildi
2025-04-28 10:55:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan har haftaning yakshanba kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan shaxsiy qabul kunida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi.
Qabul davomida jami 18 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 6 tasi kadrlar bilan ishlash sohasiga, 6 tasi dastlabki tergov, 3 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, 2 tasi tezkor xizmatlar faoliyati bilan bogʻliq va 1 tasi yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga taalluqli boʻldi.
Murojaatlarning barchasi boʻyicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirish berilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olindi va tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga murojaatlarni koʻrib chiqib qonuniy qaror qabul qilish uchun koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati