Qashqadaryo viloyati IIBda axborot texnologiyalari va bank plastik kartalari bilan bogʻliq murojaatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari muhokama qilindi
2025-05-17 12:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.Ismoilov rahbarligida viloyat hududida axborot texnologiyalari va bank plastik kartalari bilan bogʻliq kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlimi, Tergov boshqarmasi masʼul xodimlari, shuningdek, joylardagi kiberxavfsizlik yoʻnalishiga biriktirilgan tezkor xodimlar va tergovchilar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda murojaatlar yuzasidan olib borilayotgan ishlarda kuzatilayotgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Axborot texnologiyalari va bank kartalari bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash, fosh etish hamda ularning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda tizimli yondashuv, tezkorlik va kasbiy malaka muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanib, soha xodimlariga aniq vazifalar yuklatildi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati